
ONESEC mutaxassislari TATU talabalari uchun ochiq uchrashuv o‘tkazadi, unda ular kiberxavfsizlik sohasi bo‘yicha karyeraning asosiy jihatlari haqida suhbat olib boradilar hamda amaliyotda real holatlarni tahlil qiladilar.
📝Uchrashuv mavzulari:
➖ Axborot xavfsizligi sohasida karyerani qayerdan boshlash kerak va nimalarga e’tibor berish kerak?
➖ Kiberxavfsizlik sohasida qaysi ko‘nikmalar eng ko‘p talab qilinadi?
➖ Nima uchun CTF da ishtirok etish shunchaki musobaqa emas, balki professional o‘sishning muhim bosqichidir?
🗓 Sana: 01.03.2025
🕚 Vaqt: 11:00
📍 Manzil: TATU faollar zali
✅ Kiberxavfsizlik sohasida rivojlanishni xohlovchilarning barchasini taklif etamiz! Sizni qimmatli ma’lumotlar va amaliy maslahatlar kutmoqda.
📝 P.S. Spoyler: uchrashuvda TATU da kiberklub ochilishi haqidagi muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormang!