Prof. M.A. Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetiga tashrif natijalari

  • Asosiy
  • Prof. M.A. Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetiga tashrif natijalari

2015 yil 1-6 dekabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari (o‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i A.Ergashev, "Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakulteti dekani t.f.n. dots. O‘.Xamdamov, "AKT sohasida kasb ta’limi” fakulteti dekani, prof. F.Zakirova) prof. M.A. Bonch-Bruevich nomli Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining topshirig‘iga binoan axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash doirasida amalga oshirildi.

Tashrif chog‘ida Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti Xalqaro aloqalar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori O.V.Zolotokrыlin rahbarligida universitet vakillari (o‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i – o‘quv ishlar bo‘yicha birinchi prorektor o‘rinbosari S.I. Ivasishin, Axborot tizimlari va texnologiyalari fakulteti dekani V.Ye. Korotin, Infokommunikatsion tizimlar va tarmoqlar fakulteti dekani muovini I.A. Layushka hamda Axborot tizimlarining xavfsizligi kafedrasi mudiri S.V. Xoroshenko) bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida universitetda o‘quv va ilmiy faoliyatning olib borilishi, innovatsion texnologiyalar asosida o‘quv jarayonini tashkil qilish va boshqarish, o‘quv-meyoriy hujjatlar bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish, talabalar bilan ishlash va professor-o‘qituvchilar tarkibini mustahkamlash, ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash, ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari va davlat ta’lim standartlarini takomillashtirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi va tajriba almashinildi.

 

Prof. M.A. Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetiga tashrif natijalari

 

Prof. M.A. Bonch-Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universitetiga tashrif natijalari