Indoneziyaning Gunadarma Universiteti (Universitas Gunadarma) rektori  Prof. Dr. Margianti o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • Indoneziyaning Gunadarma Universiteti (Universitas Gunadarma) rektori  Prof. Dr. Margianti o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 2-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Prof. Baxtiyor Maxkamov hamda Indoneziyaning Gunadarma Universiteti (Universitas Gunadarma) rektori  Prof. Dr. Margianti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

👨‍💼Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida kelishib olindi:

🟢Talabalar o‘rtasida almashinuv dasturlari;
🟢Qo‘shma tadqiqot loyihalari;
🟢Multimedia sohasida hamkorlik;
🟢Talaba va hodimlar uchun stajirovkalarni tashkil etish.

Shuningdek, Universitas Gunadarma va TATU o‘rtasida Telekommunikatsiya, Kompyuter injiniringi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma ta’lim tashkil etish muhokama etildi va kelgusi uchrashuvlarda o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishildi.

Ma’lumot uchun: Gunadarma Universiteti 1981-yilda tashkil topgan. Universitet Indoneziyaning Depok shahrida joylashgan hususiy universitetidir. Universitetda 24,179 nafar talaba taxsil oladi va 997 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.  Osiyo universitetlari ichida 739-o‘rinni qayd etilgan ushbu universitet, milliy reytingda 30-o‘rinni eggallagan, hamda Axborot texnologiyalar, Multimedia sohasida yetakchi (TOP 3) oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.