PRIMOVA XOLIDA “SHUHRAT” MЕDALI BILAN TAQDIRLANDI

  • Asosiy
  • PRIMOVA XOLIDA “SHUHRAT” MЕDALI BILAN TAQDIRLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2024-yil 5-mart kuni “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida” Farmoni elon qilindi.

Unga ko‘ra, bir guruh fidoyi, tashabbuskor ayollar davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlandi.

Mukofotlanganlar orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali axborot texnologiyalari kafedrasi professori Primova Xolida Anorboyevna ham bor.

X.Primovani universitet jamoasi nomidan chin qalbdan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qolamiz.