Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Lotin Amerikasi va Karib dengizi parlamenti (Parlatino) prezidenti Rolando Miguel González Patricio tashrif buyurdi.

  • Asosiy
  • Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Lotin Amerikasi va Karib dengizi parlamenti (Parlatino) prezidenti Rolando Miguel González Patricio tashrif buyurdi.

Kubalik siyosatchi, akademik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan González Patricio 2023-yil dekabr oyida Parlatino prezidenti etib saylangan hamda xalqaro siyosiy munosabatlar bo‘yicha bakalavr, tarix fanlari doktori bo‘lib, o‘z faoliyati davomida Kuba madaniy tadqiqotlari instituti “Xuan Marinello” va San’at universitetida yetakchi lavozimlarda ishlagan.

✅ Tashrif davomida mehmon universitetdagi ilmiy-intellektual muhit, o‘quv va ilmiy markazlar bilan tanishdi hamda xalqaro hamkorlik doirasida universitetlararo aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

📝Ma’lumot uchun:
Shu kunlarda O‘zbekiston mezbonligida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli xalqaro tadbir doirasida Parlatino prezidenti, xalqaro siyosiy munosabatlar bo‘yicha mutaxassis González Patricio yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U 2024–2026-yillar davomida Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlari o‘rtasidagi parlamentlararo va strategik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarga rahbarlik qilmoqda.