Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

  • Asosiy
  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosati, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha berilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash bo‘yicha oliy taʼlim muassasalari tomonidan Xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlash, tarmoq korxona va tashkilotlarida kafedralar filiallarini tashkil etish chora tadbirlari doirasida TATU Urganch filiali rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Hindistonga safari o‘lib o‘tgan edi. Ushbu safar natijasida Hindistonning Vellore Institute of Technology Chennai universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, ushbu universitetda tashkil qilingan "TechnoVIT" haftaligida filialimiz bir nafar o‘qituvchisi va 3 nafar talabasi ishtirok qilmoqda. Haftalik doirasida : "Artificial Intelligence & Machine Learning" hamda "Robotics"  bo‘yicha kurslarda qatnashish ;
✅Dunyoning nufuzli universitetlari talabalari bilan bilim va ko‘nikamalar almashish;
✅Hindistonning yetakchi IT kompaniyalar rahbarlaridan master klasslar;
✅Turli xil tanlovlarda ishtirok etish;
✅Ko‘ngil ochar konsert, shou va tadbirlarda qatnashish imkoniyatlariga ega bo‘lishdi.

Bunday imkoniyatlar har bir talaba yoshning kelajagida muhim o‘rin egallaydi.

✅Ma’lumot o‘rnida, "TechnoVIT" haftaligi joriy yilning 9-18-sentabr kunlari Chennai shahrida bo‘lib o‘tdi.