2019 yil 4 sentyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hududida kantselyariya va boshqa shu kabi narsalar savdosi bilan shugʼullanuvchi xususiy tadbirkor А.T.Аbduvaxidov va uning 5 nafar oila aʼzolari universitet bosh binosi oldida qonunga zid ravishda “namoyish” oʼtkazdilar. “Namoyishchi”lar TАTU rektorini ularning tadbirkorlik faoliyatlariga toʼsqinlik qilayotganini roʼkach qilib chiqishdi.
Ushbu namoyish yuzasidan universitet hamda xususiy tadbirkor А.T.Аbduvaxidov oʼrtasida kelib chiqqan ziddiyatni ochiq hal etish maqsadida bugun TАTU universiteti binosida soat 17:00da matbuot anjumani tashkil etilmoqda.
Eʼtiboringiz uchun tashakkur!
TATU matbuot xizmati