President AI Award 2026: ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi!

  • Asosiy
  • President AI Award 2026: ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi!

Sun’iy intellekt asosida innovatsion mahsulot yaratayotgan jamoalar uchun $1 000 000 mukofot jamg‘armasiga ega milliy tanlovda ishtirok etish imkoniyatini boy bermang.

G‘oliblar nimalarga ega bo‘ladi?
Har bir yo‘nalishda uchta eng yaxshi loyiha investitsiya oladi:

🥇 1-o‘rin — $100 000
🥈 2-o‘rin — $60 000
🥉 3-o‘rin — $40 000

Jami 15 ta jamoa IT Park Ventures tomonidan KPI natijalariga muvofiq bosqichma-bosqich investitsiya, shuningdek, akseleratsiya, mentorlik va investorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.


Arizalar qabuli: 15-avgustgacha
Ariza topshirish tartibi bilan ushbu yo‘riqnomada tanishing.

Vaqtni boy bermang — arizangizni yakunlab, belgilangan muddatgacha topshiring.

Awards.gov.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va President AI Award 2026 ishtirokchisiga aylaning!