Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan vaqtincha ishsiz qizlar uchun zamonaviy kasblar boʻyicha mahorat darsi tashkil etiladi

  • Asosiy
  • Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan vaqtincha ishsiz qizlar uchun zamonaviy kasblar boʻyicha mahorat darsi tashkil etiladi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda.

Poytaxt hokimligi mazkur xayrli loyiha doirasida vaqtincha ishsiz qizlar uchun 8-noyabr kuni soat 10:00 da “Zakovat arena” binosida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darsi tashkil etmoqda.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, “Zakovat arena” binosi. Moʻljal: “Beruniy” metro bekati.

PS: Ushbu ma’lumot tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, talaba-qizlarimiz o‘quv jarayonlaridan tashqari bo‘sh vaqtlarida qatnashishlari mumkin.