Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bakalavr va magistratura talabalari uchun 2026-yil kuzgi semestr davomida Polshaning Lodz Texnologiya Universiteti (Lodz University of Technology)da talaba almashinuvi dasturida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
♻️ Ta’lim yo‘nalishlari:
🔴Informatika (Computer Science);
🔴 Elektronika va telekommunikatsiya muhandisligi;
🔴 Axborot texnologiyalari;
🔴 Ma’lumotlarni tahlil qilishning matematik usullari;
🔴 Modellashtirish va ma’lumotlarni tahlil qilish;
🔴 Raqamli menejment.
⚠️ Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🔴 GPA — kamida 4.0;
🔴 IELTS — 5.5 va undan yuqori.
📎 Batafsil ma’lumot
🗓 Hujjat topshirish muddati:
Onlayn ariza topshirish — 2026-yil 31-maygacha
💸 Moliyaviy shartlar:
🔴 O‘qish — bepul (ikki tomonlama hamkorlik kelishuvi asosida)
🔴 Yotoqxona va kunlik xarajatlar talaba hisobidan qoplanadi
➡️ Ishtirok etish uchun