TATU rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga (TTPU) tashrif buyurdi

  • Asosiy
  • TATU rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga (TTPU) tashrif buyurdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga (TTPU) tashrif buyurdi

Uchrashuvdan asosiy maqsad almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, doktorantlarni tayyorlash va ularga rahbarlik qilish, Erasmus+ va Horizon dasturlari doirasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishish ko‘zda tutildi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalarni kelishib oldilar. Bundan tashqari TTPU bazasida tashkil etilgan ilmiy va ishlab chiqarish laboratoriyalari va texnopark bilan tanishib, kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashinildi.