“Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasida navbatdagi davra suhbati

  • Asosiy
  • “Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasida navbatdagi davra suhbati
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Pochta aloqasi texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ rahbar xodimlari va mutaxassislari ishtirokida navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida respublika pochta aloqa obyektlari, ularda foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlarning amalda qo‘llanilishi, shuningdek, ularni takomillashtirish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Davra suhbatida “O‘zbekiston pochtasi” AJ “PO‘NQM” ISXU bo‘limi yetakchi mutaxassisi A.Rabbimov, “Pochta aloqasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va 4-bosqich talabalari ishtirok etdilar.