“Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining O‘zbekiston pochtasi AJ “Xalqaro pochtamt” filialiga tashrifi amalga oshirildi.

  • Asosiy
  • “Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining O‘zbekiston pochtasi AJ “Xalqaro pochtamt” filialiga tashrifi amalga oshirildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, birinchi tomondan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan soha korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘lsa, ikkinchi tomondan talabalarda amaliyot ko‘nikmalarini hosil qilishlari uchun sharoit yaratib berish, ularni ishlab chiqarish yangiliklari, pochta aloqasi korxonalarida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish edi.

✉ “Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi” kafedrasida o‘qitilayotgan “Pochta aloqasining infrastrukturasi” fani doirasida tashkil etilgan mazkur amaliy-ekskursiya davomida talabalarga mutaxassislar “Xalqaro pochtamt” filiali ishlab chiqarish uchastkalari va sehlaridagi texnologik jarayonlar, Pochta aloqasining AKT asosida tashkil etilgan yangi xizmat turlari va ishlab chiqarishga tatbiq etilgan axborot tizimlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar, shuningdek talabalar filialning avtoparki, Bojxona posti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

⭐️ Amaliy-ekskursiya yakunida Xalqaro pochtamt filialida “Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv va amaliy mashg‘ulot xonalarini tashkil etish yuzasidan fikr va mulohazalar almashinildi.