“O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan hamkorlik

“O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida o‘quv jarayoni va ishlab chiqarish jarayonini uyg‘unlashuvi yo‘nalishida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunday tadbirlardan biri 17 may kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kichik majlislar zalida davra suhbati ko‘rinishida o‘tkazildi. Davra suhbatida “O‘zbekiston pochtasi” AJ Toshkent filialining pochta xavfsizligi bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Z.Qosimov, “Pochta aloqasi texnologiyasi” kafedrasi mudiri Z.M.Atakuziyeva, katta o‘qituvchi L.N.Jo‘rayev, assistent G‘.R.Mamatqulov va “Pochta aloqasi texnologiyasi” yo‘nalishining 130-131-132-14 PATy guruhi talabalari ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida talabalarga “O‘zbekiston pochtasi” AJda transport tizimlarini boshqarish masalalari, yo‘nalishlari, ushbu tizimlarda pochta xavfsizligini tashkil etish uslublari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.