Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

  • Asosiy
  • Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga taklif etamiz.

1. Mirzayev Avaz Egamberdiyevichning 05.01.04 - “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Splayn-funksiyalar asosida signallarni raqamli ishlash algoritmlarini samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi;

2. Mirzayev Dilshod Aminovichning 05.01.04 - “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy taʼminoti” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Axborot-boshqaruvchi tizimlar dasturiy taʼminotining funksional ishonchliligi algoritmlari va modellari” mavzusidagi dissertatsiya muhokamalariga bagʻishlangan boʻlib, 2019 yil 18 yanvar soat 14:00 da TATU kichik majlislar zalida boʻlib oʻtadi.