Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

  • Asosiy
  • Professor-oʻqituvchilar va doktorantlar diqqatiga!

Sizni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.T.07.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarga taklif etamiz.

1. Xalmuratov Omonboy Utamuratovichning 05.01.05-“Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Axborot xavfsizligi mezon va koʻrsatkichlar tizimini shakllantirishning usullari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi;

2. Nasrullayev Nurbek Baxtiyorovichning 05.01.05-“Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi” ixtisosligi boʻyicha texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Axborot xavfsizligi monitoringi tizimi ishlashining samaradorligini oshirish usullari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasiga bagʻishlangan boʻlib, 2019-yil 8-fevral soat 14:00da TATU kichik majlislar zalida boʻlib oʻtadi.