


Payshanba — Yoshlar kuni: TATUda Rektor kubogi, g‘alaba shukuhi!
Yurtimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida e’tirof etilayotgani bejiz emas — aynan bugun TATU sport majmuasida yoshlarimizning jo‘shqinligi, jamoaviy ruhi va g‘alabaga intilishi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
🏐 “Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilayotgan “Rektor kubogi–2026” musobaqasining voleybol turi bo‘yicha final bahsi yuqori temp va keskin kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti hamda Radio va mobil aloqa fakulteti jamoalari maydonga tushdi.
💥 Murosasiz kechgan bahsda har bir ochko uchun kurash so‘nggi daqiqalargacha davom etdi. Natijada Radio va mobil aloqa fakulteti jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, “Rektor kubogi–2026” musobaqasining voleybol turi bo‘yicha chempioniga aylandi!
🏆 Uchrashuv yakunida finalchilar tantanali ravishda diplom va medallar bilan taqdirlanib, sport orqali shakllangan do‘stlik, matonat va jamoaviylik yana bir bor e’tirof etildi.
🔥 Yoshlar kuni ruhiga mos tarzda o‘tgan ushbu final bahsi TATU talabalari nafaqat bilimda, balki sportda ham yetakchi ekanini yana bir bor isbotladi.