"O'zekspomarkaz" ko'rgazma va savdo majmuasida ICTEXPO 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi

  • Asosiy
  • "O'zekspomarkaz" ko'rgazma va savdo majmuasida ICTEXPO 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi

Poytaxtimizda ICTWEEK Uzbekistan 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xaftaligi o'z ishini boshlagan edi. ICT xaftaligidan o'rin olgan, o'zida ko'plab salmoqli loyihalarni ochib berish imkoniyatiga ega bo'lgan mazkur forum, poytaxtizda joylashgan "O'zekspomarkaz” ko'rgazma va savdo majmuasida, ushbu xaftalikning eng katta loyihalaridan biri bo'lmish ICT EXPO 2015 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko'rgazmasi bilan ochiq deb elon qilindi. Qayd etish lozimki, ushbu ko'rgazmadan eng so'ngi texnologiyalar, rivojlangan kompaniyalarning yangi ishlanmalari hamda hayotga tadbiq etilayotgan eng so'ngi innovatsion loyihalar joy egallagan.