Oʻzbekiston–Vengriya: kadrlar tayyorlashda hamkorlik kengayadi

  • Asosiy
  • Oʻzbekiston–Vengriya: kadrlar tayyorlashda hamkorlik kengayadi



Jizzax viloyatida O‘zbekiston va Vengriya hamkorligida tashkil etilgan INNO Science Park ilmiy-innovatsion parkida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Obuda universiteti hamda qator o‘zbek oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, tadbir doirasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti, Jizzax politexnika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan o‘zbek talabalarini Obuda universitetiga qabul qilish bo‘yicha alohida kelishuvlar rasmiylashtirildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/139821