Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi Almata shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining yarim finalida ishtirok etib qaytishdi.

  • Asosiy
  • Oʻzbekistonning 2 ta terma jamoasi Almata shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro First Global Challenge musobaqasining yarim finalida ishtirok etib qaytishdi.

Bunda BAA va Qozoqiston terma jamoalarini ortda qoldirib g‘alaba bilan qaytishdi hamda Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

✅ O‘zbekiston terma jamoasiga 2024-yil 26-29-sentyabr kunlarida Gretsiyada bo‘lib o‘tadigan musobaqada omad tilab qolamiz.

Terma jamoaning yuqori darajada tayyorgarlik koʻrishlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, TATU, IT park rezidentlari Realsoft, Robotics Lab korxonalari hamda terma jamoa ustozlari yaqindan yordam berib kelmoqda.

👥 Terma jamoalarga universitetimizning TUIT FIRST GLOBAL laboratoriyasida Zarif Qodirov, Adizbek Ergashev va Temur Rajabovlar murabbiylik qilmoqda.