AQShda o‘tkazilgan robototexnika bo‘yicha nufuzli Chicago Robot Invitational (CRI) turnirida O‘zbekistonning The Reckless jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqaga har yili 35 mingdan ortiq jamoa orasidan atigi 38 ta jamoa taklif etiladi.
E’tiborlisi, jamoaga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2-bosqich talabasi Mahkambek Teshabayev sardorlik qilmoqda.
Jamoamizni ushbu tarixiy yutuq bilan tabriklaymiz va ularga yangi zafarlar tilaymiz!