🚀 O‘zbekistonlik yosh robototexniklar yana xalqaro maydonda! 🤖

  • Asosiy
  • 🚀 O‘zbekistonlik yosh robototexniklar yana xalqaro maydonda! 🤖

Joriy yilning 20-23-fevral kunlari Qozog‘istonning Almata shahrida o‘tkaziladigan "FIRST TECH CHALLENGE" xalqaro robototexnika musobaqasining yarim final bosqichida O‘zbekistonning 2 ta terma jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi!

🌍 Agar jamoalarimiz final bosqichiga yo‘l olishsa, 2025-yil 15-19-aprel kunlari AQShning Texas shtati, Xyuston shahrida joylashgan George R. Brown Convention Centerda dunyoning eng kuchli jamoalari bilan bahs olib borishadi!

💡 Bu safar nafaqat g‘alaba, balki O‘zbekistonning kelajagi uchun ilhom va yangi imkoniyatlar sari katta qadam tashlanmoqda!

Ushbu terma jamoa a’zolarining bir nechtasi 2024-yilda Gretsiyaning Afina shahrida bo‘lib o‘tgan "FIRST GLOBAL CHALLENGE" xalqaro robototexnika musobaqasining kumush medal sohiblaridir.

📝 Ma’lumot uchun: Ushbu nufuzli musobaqada TATU dan terma jamoa rahbari sifatida Z.Qodirov jalb qilingan hamda terma jamoaga universitetimiz talabasi M.Teshabayev sardorlik qilib kelmoqda.

🎉 Bu nafaqat biz uchun, balki butun O‘zbekiston robototexnika jamoatchiligi uchun katta muvaffaqiyat! Biz O‘zbekiston jamoalariga muvaffaqiyat va yorqin natijalar tilaymiz!