O‘zbekistonlik talabalar Huawei kompaniyasining Xitoydagi yetakchi ta’lim loyihasida ishtirok etishadi!

  • Asosiy
  • O‘zbekistonlik talabalar Huawei kompaniyasining Xitoydagi yetakchi ta’lim loyihasida ishtirok etishadi!

2025-yil 17-oktabr kuni Huawei kompaniyasining “Seeds for the Future” ta’lim dasturining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu dastur doirasida O‘zbekistonning 6 ta universitetidan 10 nafar iqtidorli talaba 2025-yil 19–25-oktabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan o‘quv dasturida ishtirok etadi.

🏛 Faxr bilan ma’lum qilamizki, TATU talabasi Dilmurod Murodov ushbu loyihada O‘zbekiston nomidan ishtirok etuvchi 10 nafar talabadan biri bo‘ldi

✅ Dastur raqamli iste’dodlarni rivojlantirish, sun’iy intellekt, 5G, bulutli texnologiyalar va innovatsion ta’lim yo‘nalishlarida bilim almashishga qaratilgan. Bir hafta davomida 19 mamlakatdan 150 nafar ishtirokchi Huawei kompaniyasining yetakchi mutaxassislari bilan tajriba almashadi.

🤝 Tadbirda Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi, IT ta’lim uyushmasi, universitet rahbarlari hamda dastur bitiruvchilari ishtirok etishdi.

💬 Huawei vakillari ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, talabalarni amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlash va ularni AKT sohasida muvaffaqiyatli kelajak sari tayyorlash muhimligini ta’kidladilar.