O‘zbekistonda Startup World Cup mintaqaviy bosqichi uchun arizalar qabul qilinmoqda

  • Asosiy
  • O‘zbekistonda Startup World Cup mintaqaviy bosqichi uchun arizalar qabul qilinmoqda

O‘zbekistonda Startup World Cup mintaqaviy bosqichi uchun arizalar qabul qilinmoqda

Startup World Cup — bu 60 dan ortiq davlatdan 2500 dan ziyod investor va startaplarni birlashtiradigan eng yirik global pich-musobaqalardan biridir. Bu yilgi mintaqaviy saralash bosqichi Toshkent shahrida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park Uzbekistan ko‘magida Pegasus Tech Ventures kompaniyasining rasmiy mintaqaviy hamkori bo‘lgan Don’t Settle tomonidan tashkil etilmoqda.

🏆 Asosiy sovrin: Mintaqaviy bosqich g‘olibi San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Grand Finalga yo‘llanma oladi, o‘z loyihasini taqdim etadi va $1 000 000 miqdoridagi sarmoya uchun kurash olib boradi.

Kimlar ariza topshirishi mumkin:
• Rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan texnologik kompaniyalar.
• Bosqich: Pre-seed (Boshlang‘ich) dan Series A gacha.
• Sohalar: AI (Sun’iy intellekt), FinTech, SaaS, DeepTech va boshqalar.
• Global bozorlarda o‘sish va kengayish salohiyati.
• Kamida bir nafar ta’sischi (founder) loyihani ingliz tilida taqdim (pitch) eta olishi kerak.

Asosiy sanalar:
📅 Arizalar qabuli tugashi: 2026-yil 31-avgust
🏆 Finalchilarning e’lon qilinishi: 2026-yil 7-sentabr
🎤 Taqdimot kuni (Pitch Day): 2026-yil 24-sentabr (ICT Week doirasida)

📍 Manzil: CAEx, Toshkent, O‘zbekiston

Startup World Cup Uzbekistan 2026 quyidagilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi: MUK, Microsoft, DontSettle.ai, Sturgeon Capital, IT Park Uzbekistan, IT Park Ventures, Women in Tech Uzbekistan, IT Community of Uzbekistan, Anor Bank, Cursor Community, Limpid VC, C-Space Startup Center va Yard Business Community.

Axborot hamkorlari: The Tech, StartupBase, Startup Choyxona.

🔗 Mehmon sifatida
🔗
Startap sifatida
_