O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 50 000 000 so‘m bo‘lgan HACKATHON o‘tkaziladi

  • Asosiy
  • O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 50 000 000 so‘m bo‘lgan HACKATHON o‘tkaziladi

O‘zbekistonda sovrin jamg‘armasi 50 000 000 so‘m bo‘lgan HACKATHON o‘tkaziladi

Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishida innovatsion tizimlarni joriy etish maqsadida joriy yilning 1-5 may kunlari sovrin jamg‘armasi 50 000 000 so‘m bo‘lgan hakaton musobaqasi o‘tkaziladi.

O‘zbekistondagi barcha yoshdagi xohlovchilar ushbu hakatonda ishtirok etishlari mumkin.

🏆Musobaqada jamoalar "Meta Quest 3" maxsus VR ko‘zoynagi uchun chorrahada tartibga soluvchining 3 turdagi ishoralariga haydovchilar rioya etishi bo'yicha dastur ishlab chiqish yuzasidan o‘zlarining loyihalarini ishlab chiqadilar va taqdimot qiladilar.

Musobaqa talablari quyidagilardan iborat 👉 Batafsil (https://telegra.ph/Tartibga-soluvchining-ishoralarini-orgatishga-moljallangan-dastur-boyicha-texnik-talablar-04-26)

Tezkor ro‘yxatdan o‘tish. (https://admission.polito.uz/hackathon-road-patrul/)

✅ Musobaqa Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bo‘lib o‘tadi.