Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT-Parkda bo‘lib o‘tayotgan “Seeds for the Future” yetakchi taʼlim dasturida Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoning 14 davlatidan 150 nafar talaba, 14 nafar oʻqituvchi va akademiklar ishtirok etmoqda. Ular orasida Toshkent Аxborot Texnologiyalari Universiteti bitiruvchisi Nuriddin Samatov ham Plenar sessiyada o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Ushbu yilgi Huawei tomonidan o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra TATUning 3 nafar talabasi “Seeds for the Future 2024” dasturida qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.