Buyuk Britaniyaning London shahrida Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston–Britaniya kengashining 27- forumi o'z ishini boshladi.

  • Asosiy
  • Buyuk Britaniyaning London shahrida Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston–Britaniya kengashining 27- forumi o'z ishini boshladi.

Buyuk Britaniyaning London shahrida Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston–Britaniya kengashining 27- forumi o'z ishini boshladi.

✅ Mazkur xalqaro forumda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

🇺🇿🇬🇧Transmilliy ta’lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari va o'zaro o‘sish salohiyatidan foydalanish strategiyalariga bag‘ishlangan alohida sessiyada Buyuk Britaniya va O‘zbekistonning yetakchi universitetlari qatorida TATU ishtirok etmoqda hamda ushbu xalqaro forum doirasida Buyuk Britaniyaning yetakchi OTMlari bilan TATU o'rtasida hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish bo'yicha uchrashuvlar rejalashtirilgan.

🗒Ma'lumot uchun: Savdo va sanoat boʻyicha Oʻzbekiston–Britaniya kengashi (UBTIC) har yili O‘zbekiston va Buyuk Britaniyaning turli sohadagi yirik kompaniya va tashkilotlarining iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan holda, imkoniyatlar va qulay sarmoyaviy muhitdan ikki tomonlama foydali kelishuvlarga erishishdir.

📌Eslatib o’tamiz, xalqaro forum ikki kun, 28-29-noyabr kunlari bo’lib o’tadi