
Latviya poytaxti Riga shahrida O'zbekiston va Latviya o'rtasida ilk bor ta'lim forumi bo'lib o'tmoqda.
Anjumanda ikki mamlakat oliy ta’lim vazirliklari vakillari hamda 50 ga yaqin yetakchi universitet rektorlari ishtirok etmoqda.
Forumda fan va ta’lim sohasidagi hamkorlik, innovatsiyalar va raqamli transformatsiya masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, sessiyalar doirasida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, universitetlarning barqaror rivojlanishi, innovatsiyalar va raqamli transformatsiyaning muhim ahamiyati yuzasidan taqdimotlar qilindi.
🤝Daugavpils universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.