Yevropa ittifoqining Erasmus+ dasturi “Intras-intelektual transport tizimlari: Aktga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi” loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Loyihani amalga oshirish natijasi “Yaxshi” (“Good”) bahoga baholandi. Loyihada Polshaning Gdansk texnika universiteti koordinator, Avstriyaning Klagenfurt universiteti, Slovakiyaning Zilina universitetilari, O‘zbekistondan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti loyihaning milliy koordinatori, Toshkent davlat texnika universiteti, Jizzax politexnika instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Termiz davlat universitetlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Jizzax viloyati transport boshqarmasi hamkor tashkilotlar sifatida qatnashishdi.
Loyiha bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
• Intellektual transport tizimi (ITT) bo‘yicha yangi magistratura dasturlari ishlab chiqilib, yangi avlod muhandislarini tayyorlash uchun infratuzilma va tizim yaratildi. Mazkur mutaxassislik bo‘yicha O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari yo‘lga qo‘yildi;
• Bugungi kunda ushbu yangi tashkil qilingan magistratura mutaxassisligida 200dan ziyod talabalar jalb etilib, 40dan ortig‘i bitirib o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlandi;
• TATU, TDTU, JizPI, AndMI, TerDU oliy ta’lim muassasalarida AKTga asoslangan ITT laboratoriyalari tashkil etildi;
• O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun Yevropa Ittifoqi standartlariga javob beradigan 28 ta fandan o‘quv majmua ishlab chiqilgan;
• Oliy ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari/muassasalari/korxonalari o‘rtasida ITT sohasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan;
• ITT bo‘yicha yangi avlod muhandislarini tayyorlash uchun infratuzilma va tizim yaratilgan.
• Bir nechta mahalliy universitetlar yevropa universitetlari bilan anglashinuv memorandumlarini imzolashdi;
• TATU va Klagenfurt universiteti bilan “Axborot va kommunikatsiyalar injeneringi“ mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura (Double degree) kelishuvi imzolandi;
• Hamkorlikda 15dan ziyod nufuzli jurnallarda maqolalar chop etildi;
• 2 nafar PhD talabalar 5 oylik almashinuv dasturi doirasida Klagenfurt universitetida tahsil olishyabdi;
• Loyiha natijalarini aks ettiruvchi kitob nashr etildi hamda videorolik tayyorlandi.
Ushbu natijalar asosida ko‘p yillik rejalar tuzilib, hamkorlikni bardavom qilish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilgan.