
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari uchun ajoyib imkoniyat! Chorshanba, 19-fevral kuni O‘zbekiston shaxmat ustasi Nodira Nodirjanova universitetimizga tashrif buyuradi.
Nodira Nodirjanova – o‘zbekistonlik shaxmatchi, xalqaro shaxmat ustasi. 2017-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati gʻolibi. 2024-yilgi 45-shaxmat olimpiadasida ayollar oʻrtasida yakkalik hisobda kumush medali sohibasi.
♟ Uchrashuvda shaxmat sir-asrorlari haqida suhbat, tajriba almashish va jonli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
📍 Manzil: TATU, F-bino, 1-qavat
🕔 Vaqt: 19-fevral, 11:00