O‘ZBEKISTON ROBOTOTEXNIKLARI QIT’ANI ZABT ETISHDА DAVOM ETMOQDA!

  • Asosiy
  • O‘ZBEKISTON ROBOTOTEXNIKLARI QIT’ANI ZABT ETISHDА DAVOM ETMOQDA!



Ostona shahrida (Qozog‘iston) o‘tkazilayotgan “FGC Central Asia 2026 | KNUS” Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi murosasiz bahslardan muvaffaqiyatli o‘tib, FINAL BOSQICHIGA yo‘l oldi! 🏆

Bu — shunchaki navbatdagi g‘alaba emas. Bu o‘zbek yoshlarining bilimi, iqtidor va texnologik salohiyati xalqaro maydonda tobora yuqori marralarni zabt etayotganining yana bir yorqin isbotidir.



🌍Turnirning eng kuchli jamoalari joriy yilda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan First Global Challenge jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

🥈 Ma’lumot uchun terma jamoamiz FGC 2024 — Gretsiya musobaqasida 180 ta davlat jamoalari qatorida O‘zbekiston terma jamoasi sifatida ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni va 5 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan!


👤Terma jamoa rahbari: TATU xodimi Z. Qodirov
👤Terma jamoa sardori: TATU talabasi M. Teshabayev

🇰🇷Koreya sari yo‘l tobora yaqin!

Yoshlarimiz yana bir bor dunyo arenasida O‘zbekiston nomini munosib himoya qilmoqda!

🇺🇿Biz dunyoda hech kimdan kam emasmiz — va hech qachon kam bo‘lmaymiz!