O‘ZBEKISTON ROBOTOTEXNIKA TERMA JAMOASI — JAHON CHEMPIONATIGA YO‘L OLMOQDA!

  • Asosiy
  • O‘ZBEKISTON ROBOTOTEXNIKA TERMA JAMOASI — JAHON CHEMPIONATIGA YO‘L OLMOQDA!



O‘zbekiston robototexnika terma jamoasi FIRST Global Challenge 2026 jahon chempionatida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaning Incheon shahriga yo‘l olmoqda.

7–10 oktabr, 2026-yil
Incheon, Janubiy Koreya

Yoshlarimiz xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish, bilim va mahoratini namoyon etish uchun yana bir bor katta sahnaga chiqmoqda.

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi FIRST Global Challenge 2024 musobaqasida 190 ta davlat jamoalari orasida ishtirok etib, 2-o‘rinni egallagan hamda 5 ta kumush medalni qo‘lga kiritgan.

2026-yilgi terma jamoa tarkibida TATU talabasi, terma jamoa sardori Maxkambek Teshabayev, shuningdek, ko‘makchi murabbiy Zarif Qodirov ishtirok etadi.

Musobaqa haqida qisqacha videolavha havolada:
 https://youtu.be/rgRwB3TDE8E?list=PL-RL-gR4GAffo4QwfU99YhBmG5ZN2Kvpy

Omad tilaymiz, terma jamoamiz!
Olg‘a, O‘zbekiston!