2017- yil 3- yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-419-sonli Qonuni qabul qilindi.
💻 Bugun ushbu sana munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Faollar zalida oliygoh xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida "Korrupsiya davlat tuzumini ichidan yemiradigan ijtimoiy barqarorlik kushandasidir" mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.