💻 Mazkur loyiha doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Litvaning yetakchi (QS reytingida TOP 851da qayd etilgan) Vilnius texnika universiteti (Vilnius Gediminas Technical University)da talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Bunda universitetning Sun’iy intellekt, Robototexnika hamda yuqori texnologiyalar laboratoriyalariga tashrif buyurib, ularda amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar, jumladan, “Information and information technologies security”, ”Smart signal processing and telecommunication technologies”, “Geoinformation technologies” sohasida yaratilgan yangi ishlanmalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
🗒 Ma’lumot uchun: Vilnyus Gediminas texnik universiteti (VILNIUS TECH) Litvaning yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan xalqaro QS va THE reytinglarida TOP 851-o‘rinlarda qayd etilgan innovatsion universitetidir. Universitet texnologik fanlar sohasida yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, u o‘z ichiga 13 ta institut, 3 ta ilmiy tadqiqot markazi, 22 ta tadqiqot laboratoriyalarni oladi.