O‘zbekiston Respublikasida 25 noyabrdan 10 dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”mavzusi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda
Shu jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ham Xotin qizlar kengashi tashabbusi bilan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” shiori ostida suhbat tashkillashtirildi. Suhbatga 100 nafar talabalar jamoasi qamrab olindi. Tadbirda Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha xodimlar, huquqshunos olim va din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Yunusobod tumani bosh mutaxassisi ishtirok etdilar.