O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmonining 33-maqsadida IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish hamda “Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish va har yili 15 ming nafar eng iqtidorli yoshlarni nufuzli xalqaro kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash vazifalari belgilangan.
🎙 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 1-fevraldagi PQ–51-son qaroriga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlariga bitiruvchisi IT-xizmatlarni eksport qiluvchi tashkilotga ishga joylashganda bazaviy hisoblash miqdorining 75 baravarigacha, nogironligi bo‘lgan yosh bitiruvchisi bunday tashkilotga ishga joylashgan hollarda esa 105 baravarigacha bir martalik subsidiya (Dastur) hamda xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish va ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi hamda ingliz tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etildi.
✅ Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yil 22-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali talabalari uchun raqamli ta’lim loyihalari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirildi.
💬 Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar va tushunmayotgan masalalariga mutaxasislardan javoblar olishdi.
👩💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram |📷 Instagram | 📒Facebook