O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan, TATU talabalari, professor o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqodchillari (magistrant, doktorant) o‘rtasida, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan xamkorligi bo‘yicha "Yangi O‘zbekistonda AKTning jadal rivojlanishi" mavzusida maqolalar tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar, joriy yilning 12.07 dan 12.09 gacha respublikamizda chop etiladigan gazeta va jurnallarda chop etgan maqolalarini TATU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limiga topshirishlari shart.
Maqolalar tashkiliy qo‘mita (Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, isteʼdodlarni qo‘llab quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati) tomonidan 2021 yil 15 sentyabrgacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin - 15 000 000 so‘m
2-o‘rin - 10 000 000 so‘m
3-o‘rin - 5 000 000 so‘m
shunigdek, uchta qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi o‘rinlar uchun 3 000 000 so‘mdan pul mukofotlari, diplom va turli sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.