O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Olimpiada tashkil etilmoqda!

  • Asosiy
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Olimpiada tashkil etilmoqda!

Konstitutsiya kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni keng nishonlash doirasida maxsus tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur doirasida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etilmoqda.

Ushbu olimpiadada ishtirok etish istagi borlar Gumanitar fanlar kafedrasi mudiri A.Xakimovga murojaat qilishlari mumkin!

⭐️ Konstitutsiya kuni – milliy g‘urur va qonun ustuvorligi bayramidir!
Unda faol ishtirok eting va bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing!