✅ Oʻzbekistonda pochta xizmatini amalga oshiruvchi "Оʻzbekiston pochtasi" AJga Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti vakillari tashrif buyurdi.
💬 Uchrashuvda universitet bitiruvchilarining aksiyadorlik jamiyatida amaliyot/stajirovka o‘tash, doimiy ish bilan ta’minlash, shuningdek, kompaniyaning yetakchi mutaxassislari ishtirokida universitetda seminar-treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi. TATU va "Оʻzbekiston pochtasi" AJ kompaniyasi o‘rtasida mazkur yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlik qilish bo‘yicha aniq vazifalarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.
🗒 Ma’lumot uchun: "Оʻzbekiston pochtasi" AJning xizmat doirasiga Oʻzbekistonda milliy va xalqaro pochta joʻnatmalarni yetkazish va davriy nashr mahsulotlarini tarqatish kiradi. "Оʻzbekiston pochtasi" AJda 7600 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi. Mamlakat boʻylab 1660 aloqa bo‘limlar, 165 aloqa bog‘lamalari va 14 viloyat pochta markazlari mavjud.
(Qo‘shimcha ma’lumot)
Aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekistonda yozma xat xabarlar, banderol, posilkalar yuborish va elektron pul oʼtkazmalari hamda kuryerlik kabi pochta xizmatlarini amalga oshiradi.