
Endilikda mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha olingan diplomlar butun dunyo bo‘ylab tan olinadi – bu esa talabalarimizga xorijiy universitetlarda magistratura va PhD bosqichlarida tahsil olish, shuningdek, yirik IT kompaniyalarda faoliyat yuritish imkonini beradi!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Germaniyaning eng nufuzli xalqaro akkreditatsiya agentligi – ASIIN tomonidan quyidagi 6 ta ta’lim dasturi bo‘yicha rasmiy e’tirofga sazovor bo‘ldi:
🟢Kompyuter injiniringi;
🟢Dasturiy injiniring;
🟢Telekommunikatsiya texnologiyalari;
🟢Televizion texnologiyalar;
🟢Infokommunikatsiya injiniringi;
🟢Sun’iy intellekt.
ENG MUHIMI – ASIIN tomonidan AKT sohasida keng spektordagi ta’lim dasturlari ilk bor va aynan TATU asosida akkreditatsiyadan o‘tkazilganligi bu muvaffaqiyatga alohida tarixiy qiymat bag‘ishlaydi!
Ayniqsa, Sun’iy intellekt, Infokommunikatsiya injiniringi va Televizion texnologiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha TATU nafaqat O‘zbekiston, balki MDH davlatlari orasida ilk bor Yevropa standartlari asosida akkreditatsiyadan o‘tgan universitet sifatida tarixga kirdi!
ASIIN ekspertlari ta’lim sifatini, metodik va tashkiliy bazani, ilmiy-tadqiqotlar integratsiyasini xalqaro talablar darajasida deb baholadi.
Bu esa TATU diplomining xalqaro maydondagi qiymatini keskin oshirib, talabalar va bitiruvchilarimiz uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi!
TATU – sifat garovi, xalqaro e’tirof timsoli!