Universitetimiz fidoyilari "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi
✅Kuni kecha, 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
⭐️Qutlug‘ sana arafasida mamlakatimizni ijtimoiy, ma’naviy va ilmiy sohalarda yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz qatorida universitetimizda faoliyat olib borayotgan bir guruh fidoyilar:
Oliygohimiz rektori B.Maxkamov, Yoshlar masalalari va ma’naviy ishlar bo‘yicha prorektor D.Yaxshibayev, Sirtqi bo‘lim boshlig‘i B.Ibrohimov, Devonxona mudiri N.Xashimova, Tashkiliy nazorat bo‘limi boshlig‘i L.Jurayev ham e’tirof etilib, “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoniga munosib ko‘rildi. Bayram tadbiri davomida ushbu nufuzli esdalik nishonini o‘z egalariga tantanali tarzda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
👏Kasbiy faoliyatingizga zafarlar tilagan holda, universitetimiz salohiyatini oshirishda o‘z hissangizni qo‘shishdan to‘xtamang deb qolamiz. Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz ustozlar!