O‘zbekiston jamoasi ilk bor "PUBG MOBILE Global Championship 2025" turnirida ishtirok etadi

  • Asosiy
  • O‘zbekiston jamoasi ilk bor "PUBG MOBILE Global Championship 2025" turnirida ishtirok etadi

Tarixda ilk marotaba O‘zbekiston jamoasi dunyoning eng kuchli 40 ta jamoasi qatoriga kirib, "PUBG MOBILE Global Championship 2025" musobaqasida ishtirok etadi. Turnir Bangkok (Tailand) shahrida oflayn formatda o‘tkaziladi va umumiy mukofot jamg‘armasi 3 000 000 AQSh dollarini tashkil etadi.

Bu yutuq "PUBG MOBILE Super League Central & South Asia – Fall 2025" musobaqasida yorqin ishtirok etish natijasida qo‘lga kiritildi. Turnir Birlashgan Arab Amirliklari (Abu-Dabi) shahrida bo‘lib o‘tdi.

🎮PMSL CSA Fall musobaqasida jami 20 ta (Pokiston , Bangladesh, Nepal, Mo‘g‘uliston, O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istondan) jamoa qatnashdi:

Turnirda saralash bosqichidan o‘tgan hamda bevosita taklif etilgan jamoalar ishtirok etdi, bu esa mintaqadagi raqobat darajasini yanada oshirdi.

🔠 Musobaqa davomida jamoa barqaror o‘yin, jipslik va g‘alabaga bo‘lgan ishonchni namoyish etdi. Shuningdek, jamoaning bir a’zosi guruh bosqichining eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.

✅Dunyo sahnasiga chiqqan ARCRED jamoasi tarkibi:

Muhammadali “EZ4BADBOY” Botirov
Alixon “GLORY” Badriddinov
Xamidulla “HARDBOY” Rustamov
Emil “RAMZES” Yarkovoy

🧩 ARCRED jamoasining "PUBG MOBILE Global Championship 2025" dagi ishtiroki 28-noyabr kuni boshlanadi, shu sanada guruh bosqichi start oladi.