🌐 10-yanvar kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida shoir Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek tavalludining 119 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston bo'ylab adabiy gid" elektron platforma va mobil ilovasini yaratish taqdimoti bo'lib o'tdi.

  • Asosiy
  • 🌐 10-yanvar kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida shoir Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek tavalludining 119 yilligi munosabati bilan "O'zbekiston bo'ylab adabiy gid" elektron platforma va mobil ilovasini yaratish taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌐 10-yanvar kuni, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida shoir Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek tavalludining 119 yilligi munosabati bilan "O‘zbekiston bo‘ylab adabiy gid" elektron platforma va mobil ilovasini yaratish taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

📍 Ushbu lohiya respublikamizning adabiy diqqatga sazovor joylarini uch: o‘zbek, rus, ingliz tillarida virtual va to‘ldirilgan reallik texnologiyalariga asoslangan elektron platforma va mobil ilovani ishlab chiqish orqali raqamli resurs yaratishga qaratilgan. Loyiha mualliflari Artikova M, Sayfiyev E, Rayimqulov O‘, Jo‘raboyev F va Sulayomov J.lar obyekt sifatida Toshkent va Samarqand adabiy uy-muzeylarini, shu jumladan Toshkendagi Oybek uy-muzeyini olishgan.

👥 Bu kabi adabiy turizmni raqamlashtirish orqali respublikamizda ushbu sohani rivojlantirish, yoshlarni madaniy merosimizni o‘rganishga qiziqtirish va adabiyot muhlislari bo‘lgan sayyohlar oqimini oshirishga imkon beradi.