O‘zbekiston bo‘ylab 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi davom etmoqda

  • Asosiy
  • O‘zbekiston bo‘ylab 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi davom etmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab 1 oylik intensiv Inkubatsiya dasturi davom etmoqda

IT Park Uzbekistan yoshlarga, talabalarga va startap g‘oya egalariga mo‘ljallangan 1 oylik Inkubatsiya dasturini davom ettirmoqda. Dasturning navbatdagi qismi quyidagi hududlarda amalga oshiriladi:

🟢Andijon viloyati
🟢Namangan viloyati
🟢Farg‘ona viloyati
🟢Jizzax viloyati
🟢Sirdaryo viloyati
🟢Toshkent viloyati
🟢Toshkent shahri

Kimlar qatnashishi mumkin?

— Oliy ta’lim muassasalari talabalari
— IT o‘quv markazi tinglovchilari
— IT kompaniyalari mutaxassislari
— Startap g‘oyasiga ega barcha yoshlar

Yo‘nalishlar cheklanmagan — istalgan sohada startap g‘oya bilan qatnashish mumkin. Dastur oflayn va onlayn formatlarda tashkil etiladi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?

✔️ Lean Startup metodologiyasi asosida intensiv darslar
✔️ Mentorlar va ekspertlar bilan amaliy mashg‘ulotlar
✔️ Mahorat darslari
✔️ Jamoa bo‘lib ish yuritish
✔️ MVP yaratish bo‘yicha amaliy jarayonlar
✔️ Startapni venchur jamg‘armalar va investorlar oldida taqdim etish

 Arizalar qabuli: 15-may—1-iyun

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish