Bugun, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston – BMT: insoniyat kelajagi va global hamkorlik istiqbollariga qaratilgan hayotiy tashabbuslar” mavzusida onlayn davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Onlayn oʻtkazilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida bildirilgan fikrlar va ularning yoshlar ijtimoiy hayotidagi ahamiyati xususida soʻz yuritildi.
TATU matbuot xizmati