O‘zbek tili va sun’iy intellekt, raqamli kelajak sari

  • Asosiy
  • O‘zbek tili va sun’iy intellekt, raqamli kelajak sari

Toshkent telekanalining “Siz nima deysiz?” ko‘rsatuvida dolzarb va strategik ahamiyatga ega mavzu “Sun’iy intellektda davlat tili imkoniyatlari” atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur muloqotda universitetimiz Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri Bunyod Azimov boshchiligida, yosh olimlar va tadqiqotchilarimiz, shuningdek, yetakchi filolog olimlar ishtirok etib, o‘zbek tilining raqamli makondagi bugungi holati, mavjud muammolari va kelajak istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

🔼 Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘zbek tiliga moslashtirish, mahalliy til modellarini yaratish va rivojlantirish, raqamli platformalarda davlat tilining faol qo‘llanilishini kengaytirishga qaratilgan amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
⚡️ Ushbu muloqot davlat tilining raqamli transformatsiya jarayonidagi o‘rnini keng jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.