2023 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qorovul qoʼshinlari qoʼmondonligi va Xalqaro aeroportda xavfsizlikni taʼminlash boʼyicha qoʼmondonligi xodimlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Oʼzbek-Hind markazida malaka oshirishdi!
Ichki ishlar vazirligi xodimlari uchun 2023 yil davomida ular quyidagi yoʼnalishlardagi kurslarda malaka oshirishdi:
1. Tarmoq administratorligi va xavfsizligi (Cisco asosida)
2. Cisco CCNA
3. Tizim administratorligi va xavfsizligi (Linux OT asosida)
4. Axborot xavfsizligi – malumotlarni himoyalash, tarmoqlarni qurish va boshqarish
5. Tarmoq administratorligi va axborot xavfsizligi
6. Malumotlar bazasi (Oracle)
7. Dasturlash tillari va dasturiy taminotlar yaratish (Python)
8. Dasturlash tillari va dasturiy taminotlar yaratish (Java)
9. Kiberxavfsizlik
10. Microsoft Server
11. Raqamli savodxonlik: malumotlar bilan ishlash asoslari
12. Mobil aloqa
13. Mobil ilovalarni yaratish (IoS, Android)
14. Telekommunikatsiya
15. Radiotexnika va raqamli qurilmalar
16. Buyumlar Interneti
17. Grafik dizayn
18. Node.js dasturlash tili
TАTUning tajribali professor-oʼqituvchilari, shuningdek malakali mutaxassislarni jalb etgan holda har bir yoʼnalish boʼyicha alohida oʼquv dasturlari tayyorlandi va shu dasturlar asosida oʼquv mashgʼulotlari oʼtkazildi.
Kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan barcha ishtirokchilarga ularning kasbiy kompetentsiya va malakalarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.