Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli "World Robot Caspian Cup" xalqaro chempionatidan ajoyib xabarlar kelmoqda!

  • Asosiy
  • Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli "World Robot Caspian Cup" xalqaro chempionatidan ajoyib xabarlar kelmoqda!

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli "World Robot Caspian Cup" xalqaro chempionatidan ajoyib xabarlar kelmoqda! Dunyoning eng kuchli 800 dan ortiq jamoalari ishtirok etayotgan ushbu yirik texnologik bellashuvda asosan TATU talabalaridan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

⚡️Dastlabki natijalar juda quvonarli. 27-iyun kungi murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, vakillarimiz yuqori natijalar bilan raqiblaridan yaqqol oldinga o‘tib olishdi va final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi!

📌Hozirda jamoamiz bor kuch va mahoratini ishga solib, final bosqichida g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Ayniqsa, tezlik va aniqlik talab etiladigan FPV dron poygalari yo‘nalishidagi bahslar barchani hayajonda ushlab turibdi. Yigitlarimiz havoda haqiqiy mahoratlarini ko‘rsatishmoqda!

🏆Terma jamoamiz a’zolariga finalda ulkan omad va mutlaq g‘alaba tilab qolamiz!