O‘z g‘oyangizni muvaffaqiyatli startapga aylantirmoqchimisiz?

  • Asosiy
  • O‘z g‘oyangizni muvaffaqiyatli startapga aylantirmoqchimisiz?

📆Joriy yilning 7-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Dasturiy injiniring fakulteti, “UIC Group” kompaniyasi hamda “AI Business Assistant” startapi hamkorligida seminar tashkil etiladi.

💬Seminar davomida quyidagi mavzular yoritiladi:
• Startap nima va u oddiy biznesdan nimasi bilan farq qiladi;
• Loyihalarni qanday amalga oshirish;
• Sun’iy intellekt vositalarini muvaffaqiyatli qo‘llash;
• G‘oyadan loyiha konsepsiyasigacha bo‘lgan jarayon;
• Prototip yaratishda sun’iy intellektdan foydalanish;
• Jamoani shakllantirish va loyiha boshqaruvi.

🎁 Seminar yakunida faol ishtirokchilar maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📍 Manzil: TATU, Faollar majlislar zali
🗓 Sana: 2026-yil 7-fevral
👀 Vaqt: 11:30

➡️Startap olamiga ilk qadamni qo‘yish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!