EPAM Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda nufuzli kompaniya va tashkilotlarda o‘z faoliyatini olib bormoqchi boʻlgan talabalar uchun seminar tashkil etildi.

  • Asosiy
  • EPAM Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda nufuzli kompaniya va tashkilotlarda o‘z faoliyatini olib bormoqchi boʻlgan talabalar uchun seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 27-aprel sanasida, EPAM Systems kompaniyasi bilan hamkorlikda nufuzli kompaniya va tashkilotlarda o‘z faoliyatini olib bormoqchi boʻlgan talabalar uchun seminar tashkil etildi. Seminarni dasturiy injiniring fakulteti “Tizimli va amaliy dasturlashtirish” kafedrasi mudiri K.Kerimov, EPAM Systems kompaniyasining IT kurslarga o‘qitish markazi koordinatorlari S.Jaloliddinov, D.Rajabov, R.Salikhov, J.Shoyusupov olib bordilar.

Tadbir davomida talabalar bulutli hisoblash modellarining har xil turlari va uning afzalliklari, shuningdek, tez o‘sib borayotgan sohada karyera qilish uchun yetakchi Cloud platformalari va vositalari bilan amaliy tajribaga ega bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan Bulutli Amaliyot Trening Markazi faoliyati, EPAM Systems kompaniyasiga ishga qabul qilinish uchun asosiy talablari va shu kabi boshqa ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi. Tadbir davomida faol ishtirok etgan talabalarga kompaniyaning esdalik sovg‘alari topshirildi. Seminar motivatsion ruhdagi o‘zaro muhokamalar tarzida tashkil qilinib, bu kabi uchrashuvlar universitet va kompaniyaning kelajakdagi istiqbolli hamkorligiga zamin yaratishi ta’kidlandi.